Asosiy mazmunga o'tish
AvitsennaTibbiyot Texnikumi

Ustozlar — qalbimiz ardog'ida: O'qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi

Ustozlar — qalbimiz ardog'ida: O'qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi

1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan texnikumda bayram tadbiri o'tkazildi.

Avitsenna tibbiyot texnikumida 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko'tarinki kayfiyatda, o'zgacha shukuh bilan o'tkazildi.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirilib, talabalar tomonidan tayyorlangan she'rlar, kuy-qo'shiqlar va raqslar namoyish etildi. Bayram arafasida talabalarimiz ustozlarga atab samimiy videolavha ham tayyorlashdi.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, mehringiz va bergan bilimingiz tufayli yoshlarimiz kelajakda malakali, bilimli va insonparvar tibbiyot mutaxassislari bo'lib yetishmoqda.

Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt, cheksiz ilhom, yangi yutuqlar va shogirdlaringiz kamolini ko'rish baxtini tilaymiz. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Avitsenna tibbiyot texnikumi jamoasi

Bayram tadbirining ochilishi
Bayram tadbirining ochilishi
Talabalarimiz ustozlarni kutib olmoqda
Talabalarimiz ustozlarni kutib olmoqda
Direktor tabrigi
Direktor tabrigi
Qo'ng'iroqAriza berish